Toshkent halqa yo‘li tashqarisida joylagan buddaviylar ibodatxonasi hududi avtomobil yo‘li kengayishi ta’siridan xoli, daxlsiz qoladi. Shahar hokimligi aralashuvidan so‘ng shunday qarorga kelindi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
— 13-oktabr endi biz uchun ibodatxonaning ikkinchi tug‘ilgan kuni, —deydi Markaziy Osiyodagi yagona faoliyat ko‘rsatayotgan buddaviylar ibodatxonasi bosh ruhoniysi o‘rinbosari Aleksandr Xegay. — Oxirgi oylarda kutish va mavhumlik holatida edik. Bizga ushbu hududning olinishi haqidagi qaror uzil-kesil chiqarilgani va uni saqlab qolishning imkoni yo‘qligini aytishgandi. Biroq hammasixayrli yakunlandi.
Ibodatxonaning asoschisi va 2001-yildan beri bosh ruhoniysi O‘zbekistonda 30 yildan beri istiqomat qilayotgan Janubiy koreyalik rohib Yang Ki Xun hisoblanadi. O‘zining yangi joyida ibodatxona yaqinda —2016-yil 22-mayda asosan O‘zbekistonda yashayotgan va ishlayotgan Janubiy Koreya fuqarolari mablag‘i hisobidan ochilgan edi.
Izoh (0)