O‘zbekistonda joriy yilning sentabr oyida turistlar uchun jami 255 o‘rinli 11 ta yangi joylashish muassasasi ishga tushgan. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Xususan, Toshkent shahrida uchta xostel va bitta mehmonxona faoliyat boshlagan. Toshkent viloyatida esa turistlar maxsus uy mehmonxonalari yaratilgan.
Samarqand viloyatida jami 34 o‘rinli mehmonxona va xostel tashkil etilgan. Buxoro viloyatida esa olti xonadan iborat yana bir xostel bor.
Jizzax viloyatida eng katta – 28 xonadan iborat 52 o‘rinli “Karavan” mehmonxonasi ham ishga tushirilgan.
Izoh (0)