Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Termiz temir yo‘l vokzalida Tojikistonda o‘tkaziladigan Turkmaniston madaniyati kunlarida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga yo‘l olgan turkmanistonlik san’at ustalari tantanali kutib olindi. Bu haqda “Daryo”ga Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Termiz temir yo‘l vokzalida qardosh xalqning turmush tarzi, an’ana va urf-odatlarini ifoda etuvchi etnografik shaharcha barpo etildi, unda hunarmandlar ko‘rgazma-yarmarkasi hamda milliy taomlar joy oldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar turkmanistonlik madaniyat va san’at ustalarining yurtimizga, xususan 136 mingdan ortiq turkman millatiga mansub fuqarolar istiqomat qiladigan Surxondaryo viloyatiga tashrifi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Turkmaniston san’at ustalari ijrosida do‘stlik va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari yangradi. Ushbu madaniy tadbir surxondaryolik tinglovchilarga unutilmas uchrashuv onlarini taqdim etdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)