Ijtimoiy tarmoqlarda Matiz avtomobilining texnik holati qo‘pol ravishda o‘zgartirilib, poytaxt ko‘chalarida harakatlanayotgan tasvirlari tarqalgan edi. O‘zbekiston 24 Radiokanali mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB YHX boshqarmasidan izoh so‘ragan.
“Qoidabuzarga nisbatan shu kunning o‘zidayoq majburiy to‘xtatish tadbiri o‘tkazilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan”, — deydi mayor Q.Xudoyberganov.
“Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra haydovchi bu ishni mashhur bo‘lish istagida qilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)