Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida shu yil 13-oktabr kuni “Rapqon” MFYda yashovchi A.U. (ismli ayol) shu MFY Yuqori mahallasida yashovchi D.M. (ismli ayol)ning uyiga kirib, uni yuziga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
So‘ng uyidan 2 turdagi zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.U. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)