Jizzax davlat pedagogika instituti kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. qo‘lga olindi. Bu haqda “Sangzor.uz” xabar bermoqda.
Q.U. institutning “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishida tahsil olgan talaba M.U.ning o‘qishini “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishiga ko‘chirib berishni va’da qilib, 1000 dollar pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan. Biroq bergan va’dasini bajara olmagan.
Shu bois 4-oktabr kuni soat 13:00 atrofida Jizzax shahrining “Suloqli” mahallasi hududida olgan pullarini M.U.ga qaytarib berayotganida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan Q.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)