Rossiyaning Chuvashiya Respublikasida mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan YTHda 11 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
11-oktabr, payshanba kuni kechki payt Chuvashiyadagi M-7 trassasining 647-kilometrida Fiat mikroavtobusi va samosval to‘qnashib ketgan. Mikroavtobus Kanash (Chuvashiya) — Moskva yo‘nalishida ketayotgan edi.
Halok bo‘lganlarning barchasi Fiat Ducato reys mikroavtobusi yo‘lovchilaridir.
YTH holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)