AQShda ob-havo ma’lumotlari boshlovchisi Jim Kantor jonli efir vaqtida “Maykl” to‘fonining qurboni bo‘lishiga bir bahya qoldi. Erkak Florida shtatidagi Panama-Siti shahrida tomoshabinlarga to‘fon haqida hikoya qilish uchun ko‘chaga chiqqan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Katorga kuchli shamol va yog‘ingarchilik sababli oyoqda tik turish qiyin bo‘lgan, biroq u jonli efirga chiqqan.
Efir vaqtida kuchli shamol erkakka yog‘och doskani uloqtirgan. Erkak xavfni o‘z vaqtida payqagan va sakrab qolishga ulgurgan.
https://twitter.com/sfslickdawg/status/1050088985974980609
Bir necha soniyadan keyin Kator kadrga qaytgan va bu safar himoya kaskasida ishlashni davom ettirgan.
Izoh (0)