Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari chempioni Alina Kabayeva pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ilmiy kengash himoyani tinglagan va uni ma’qullagan. Ilmiy daraja izlanuvchi tomonidan hujjatlar Moskvaga yuborilgach, olinadi.
Alina Kabayevaning dissertatsiya mavzusi “Badiiy gimnastikada maktabgacha yoshdagi bolalarni tayyorlashning sport-sog‘lomlashtirish bosqichi tarkibi” deb nomlangan.
Izoh (0)