• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Botir Qodirov hamda YPX xodimi o‘rtasidagi janjal qachon va qayerda yuz bеrgandi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli xonanda Botir Qodirov va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv aks etgan video tarqaldi. Ushbu videoda YPX xodimining iddao qilishicha, avtomobilini harakatlanayotganida belgilangan tezlikni oshirgan Botir Qodirov uning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, hujjatlarini taqdim etishdan bosh tortgan. Jurnalist Mirolim Isajonov mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida surishtiruv o‘tkazdi.

    Foto: “Sayyod.com”

    Foto: “Sayyod.com”

    Xonanda Botir Qodirov va yordamchilarining YPX xodimlari bilan janjallashgani aks etgan video bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarni “portlatmoqda”. 07:39 daqiqalik videoda YPX xodimining “Boshqa haydovchilardan nima farqingiz bor? Xonandalarga qonun yo‘qmi?” singari gap-so‘zlarini eshitish mumkin. Video ostida yozilishicha, xonanda belgilangan tezlik 50 kilometr/soat bo‘lgan hududda soatiga 103 kilometr tezlikda harakatlangani uchun to‘xtatilgan. Hattoki Botir Qodirovning sheriklari YPX xodimiga kuch ishlatib, uni turtib yuborishga harakat qilgan. Guvohlarning fikricha, xonanda hujjatini ko‘rsatmagan va YPX xodimi talablariga bo‘ysunmasdan mashinasini haydab ketib qolgan.

    https://www.facebook.com/qobil.xolmirzaev/videos/491365971362671/UzpfSTEwMDAwNDM2MDkyMTA5ODoxMjE2NjEzMjAxODI3MzY2/?story_fbid=1216613201827366&id=100004360921098

     

    Facebook’dagi bir qator guruhlar hamda Telegram’dagi kanallarda tarqalgan ushbu manzara ko‘plab foydalanuvchilarning qizg‘in baxs-munozaralarini yuzaga keltirdi. Ayrimlar YPX xodimining bu holatni videoga olib, tarqatib yuborganini qoralasa, aksariyat yurtdoshlarimiz xonanda o‘z obro‘siga yarasha ish qilmaganini, burni “ko‘tarilib” qolganini ta’kidlab, bu voqeaga albatta, qonuniy jazo ko‘rilishini aytishgan.

    Xo‘sh, aslida ushbu voqea qachon va qayerda yuz bergan? Mazkur holatda ko‘proq Botir Qodirovni ayblash to‘g‘rimi? YPX xodimi esa “oppoqmi”? Shu va boshqa savollarga jurnalist Mirolim Isajonov javob topdi.

    Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea joriy yilning 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan. Videoda xonanda bilan janjallashgan shaxs Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati bataloni yo‘l-patrul xizmati ikkinchi otryadi, ikkinchi safarbarlik guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Akmaljon Obidov bo‘lib, u o‘sha kuni Oltiariq tumani “Katput-Qapchug‘ay” yo‘nalishida o‘ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan Nexia rusumli transport vositasi va “Iskra-video-2” tezlik o‘lchash moslamasida xizmatga chiqqan. U o‘zining xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida soat 08:57 da “Farg‘ona—Qo‘qon” yo‘nalishida transport vositalarining tezligi 50 km/soat tezlikgacha cheklangan hududda Toyota Prado transport vositasi 103 kilometr tezlikda hamda uning ortida Captiva rusumli transport vositasi soatiga 67 kilometr tezlikda harakatlanib kelayotganligini aniqlagan va ularni jezl yordamida to‘xtatgan. Ushbu avtomashinalar haydovchilariga o‘zini tanishtirib, ularga bu hududda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlanish belgilanganligi va haydovchilar tomonidan tezlikni oshirganliklari, amaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzishganligini tushuntirgan. Shu tufayli ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirganligini ma’lum qilgan vaqtida o‘zini qo‘shiqchi “Botir Qodirov Sheraliyevich” hamda “Prodyuser Asror Isaxo‘jayev Axmadovich”, deya tanishtirgan shaxslar safdor A.Obidovning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, o‘sha yerda bo‘lgan fuqarolar ko‘z o‘ngida safdor A.Obidovni haqorat qilib, uni obro‘sizlantirishgan.

    Yuqoridagi holat bo‘yicha videoradar tasvirlari inspektor tomonidan har ikkala haydovchilarga ham ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB YXB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Shundan so‘ng biz xonandaning prodyusseri Asror Isaxo‘jayevga qo‘ng‘iroq qildik. U hozir bu borada gapirolmasligini, ammo tez kunlarda voqea yuzasidan albatta, ma’lumot berishini ta’kidladi.

    Mazkur videoning “o‘rgimchak to‘ri”da yashin tezligidek tarqalib, ko‘pchilikning g‘azabini qo‘zg‘atganiga salkam bir hafta bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo shu vaqt oralig‘ida IIB YHXB bu borada rasmiy ma’lumot bermaganiga kishini ajablantiradi. Yoki ular bu videoni ko‘rmaganmi yohud vaziyatdan bexabarmi? Mutasaddilar ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan munosabatlar, salbiy fikrlar, xonandaning shaxsiyati-yu ijodiga nisbatan aytilayotgan “go‘zal” va “tesha tegmagan” so‘zlarni o‘qishmayaptimi? Yoki o‘qishsa ham mum tishlab olishganmi?

    Kimlardir “Tasvirni ko‘rganlar yana biror haftadan keyin buni unutishi mumkin”, degan fikrda yurgan bo‘lishi shubhasiz. Ammo qonun hammaga teng ekanligini siz-u bizdan yaxshi biluvchi oddiy xalq, kunora qoida buzaverib, jarima to‘layotgan haydovchilarning keskin noroziliklariga voqea bo‘yicha mutasaddilar qachon yanada aniqlik kiritib, javob berishadi? O‘ylaymizki, ushbu vaziyat bo‘yicha tegishli tashkilotlardan jo‘yali javoblar kutib qolamiz.

    Biz esa mavzuga yana qaytamiz.

    12.10.2018, 15:56   Izoh (0)   213427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fotoreportaj: Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi

    11.10.2018, 22:21

    “O‘zbekkino” rahbari “Islomxo‘ja” filmining telekanallardagi namoyishi hamda Youtube’ga qachon joylanishini ma’lum qildi

    11.10.2018, 16:52

    Sherali Jo‘rayev 25 yildan so‘ng ilk marta AQShga bordi (video)

    10.10.2018, 14:05

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hududlararo hamkorlikning birinchi forumi o‘tkaziladi

    09.10.2018, 21:31

    Dilnoza Kubayeva: Teatrimizda IIBB xodimlarini ko‘rganimizdan mamnunmiz (video)

    07.10.2018, 15:15

    “Qanday xabar qilay deb rosa uyalib turgandim”. Nihol mukofoti sohibasi Gulasal Abdullayeva turmushga chiqdi (foto)

    05.10.2018, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.