18—20-oktabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya davlat rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha birinchi forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ushbu forum doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, “O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning yangi bosqichi: loyihalar va klasterlar”, “Raqamli transformatsiyalar — O‘zbekiston va Rossiya uchun yangi bosqich” mavzusidagi sessiyalar, “Agrosanoat kompleksi: hamkorlikning rivojlanish nuqtalari” deb nomlangan amaliy seminar, “Rossiya kompaniyalarining sanoat turlari bo‘yicha taqdimotlar” hamda Rossiya — O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining uchrashuvlari kabi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)