2018-yilda Rossiyaning “Rudgormash” kompaniyasi O‘zbekiston oltin qazib chiqarish sanoati uchun uskuna yetkazib berish bo‘yicha katta buyurtmani bajarmoqda. Bu haqda kompaniyasi prezidenti Anatoliy Chekmenevga tayanib, Spot xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bitim 1 milliard rubldan ziyodga tushgan (15 million dollardan ortiq).
“Ushbu shartnoma bo‘yicha biz burg‘ilash stanoklari va ular uchun ehtiyot qismlarini yetkazib berdik. Bu hali hammasi emas. Ma’lum bo‘lishicha, u yerda (O‘zbekistonda) yangi oltin konlari qazilmoqda, u joylarga texnika kerak bo‘ladi”, — dedi Chekmenev.
Rossiya kompaniyasi rahbari O‘zbekiston kelasi yil ham taxminan shuncha hajmda uskunalar buyurtma qilishiga umid bildirdi.
Izoh (0)