Buxoro viloyatining Kogon shahrida joriy yil 9-oktabr kuni Qorovulbozor tumanida yashovchi K.A. mast holda tanishi D.R. ismli ayolning uyida janjal ko‘taradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U o‘zaro janjal sabab shu uyda yollanib ishlovchi N.V. ismli ayolning turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazadi. Oqibatda N.V. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
K.A. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)