Toshkent shahrining Uchtepa tumani IIBga 9-oktabr kuni firibgarlik holati yuzasidan murojaaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
2017-yil 5-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.G‘. “Dadil” tor ko‘chasida yashovchi Z.S.ning uyi oldida unga avariya holatida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilni 6000 AQSh dollariga sotadi. Biroq shu kunga qadar mashinani notarial tarzda Z.S.ning nomiga rasmiylashtirib bermay, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
A.G‘. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.