• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga qarshi kurashishda huquq posbonlari bilan hamkorlik qilmoqda

    Joriy yil boshidan bugunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari hamda huquq posbonlari o‘rtasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Sentabr so‘nggida o‘tkazilgan oxirgi uchrashuvda tomonlar paxta dalalarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha monitoring natijalari haqida o‘zaro ma’lumot almashishga kelishib olgan edi. Hamkorlikning bunday shakli ilk bor joriy etilmoqda, deyiladi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida.

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

    29-sentabr kuni huquq posboni Arislanbay Otepov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani markaziy poliklinikasining hamshiralari dam olish kunlari majburiy paxta terimiga chiqarilgani haqida ma’lumot berdi. Holatni tekshirish uchun 30-sentabr Davlat mehnat sharoitlarini ekspertiza va muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i K.Odinayev xabar berilgan joyga yetib bordi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tibbiyot xodimlarini paxta terimiga jalb qilish oldi olindi, mansabdor shaxslarga nisbatan buyruq chiqarildi.

    30-sentabr huquq posboni Yelena Urlayeva monitoring jarayonida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani dalalaridagi paxta terimida TETning 70 nafar xodimi, 9 va 14 yoshli ikki nafar voyaga yetmaganlar, yetti oylik homilador yosh ayol va qator tibbiyot xodimlari aniqlanganligini ma’lum qildi.

    Mazkur holatni tekshirish uchun ma’lum qilingan joyga Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov hamda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Sulaymonov jo‘nab ketdi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuman elektr tarmog‘i boshlig‘i Muxamedov Erkin Jahongirovich paxta terimiga tashkilot xodimlarini majburiy jalb qilishga yo‘l qo‘ygani uchun MJ Kodeksining 51-moddasiga muvofiq, ma’muriy javobgarlikka tortildi va eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida jarima solindi. “Saidabror Sultonsaid” fermer xo‘jaligi rahbari Xasanov Saidabror Saidburxonovich voyaga yetmagan bolalarning paxta terimida qatnashishiga yo‘l qo‘ygani uchun MJ kodeksining 49-moddasiga muvofiq, ma’muriy javobgarlikka tortildi va eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima solindi. Tibbiyot xodimlarini paxta terimiga majburiy jalb qilish holati o‘z tasdig‘ini topmadi. Suhbat davomida Dilorom Xolboyeva Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlagani, biroq ayni paytda homiladorlik otpuskasida ekanligini aytib berdi. Paxta terimiga uni hech kim majburlamagan, qaynonasiga yordamlashish uchun o‘z ixtiyori bilan paxta terimiga chiqqan. Fuqaro D.Xolboyeva, shuningdek, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga mehnat qonunchiligi, xususan, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik tushuntirildi.

    1-oktabr huquq posboni O‘ktam Pardayev harbiy xizmatga chaqiruv yoshida bo‘lgan shaxslarning paxta terimiga majburan safarbar qilinganligi holati haqida Jizzaxdan xabar berdi. Jizzax viloyati bo‘yicha xizmat  safarida bo‘lgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev mazkur holat yuzasidan huquq posboni bilan uchrashdi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari tushuntirilgan xat yuborildi. Huquq posboni O‘.Pardayev va Jizzax viloyati bo‘yicha Bandlik bosh boshqarmasi xodimlaridan joylarda tushuntirish ishlarini olib boradigan va paxta terimiga majburiy jalb qilishga yo‘l qo‘yilmasligini kuzatadigan tashabbuskor guruh tuzildi.

    Ayni paytda paxta terimiga majburiy jalb qilish haqida huquq posbonlaridan kelib tushgan xabarlarni o‘rganish davom etmoqda. Har bir holat yuzasidan mas’ul shaxslar tayinlangan.

    10-sentabrdan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi majburiy mehnatga jalb qilish bo‘yicha aholidan 819 ta murojaatni qabul qildi. Ulardan 77 tasi bo‘yicha mansabdor shaxslar javobgarlikka tortildi.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnat qonunga zid ekanligini eslatib o‘tdi. Har bir paxta terimiga jalb qilish holati bo‘yicha +99871 200-06-01 raqami orqali ishonch tarmog‘iga murojaat qilish yoki @mehnathuquqbot Telegram botida xabar qoldirish mumkin.

    10.10.2018, 20:28   Izoh (0)   9826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda radarlar bir kechada 600 dan ortiq tezlikni oshirish holatlarini qayd etdi

    10.10.2018, 20:17

    Adliya vazirligi O‘zbekiston aholisiga bepul huquqiy maslahatlar beradi

    10.10.2018, 20:07

    O‘zbekiston, Tojikiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari Dushanbeda yig‘iladi

    10.10.2018, 17:46

    Respublikada sud va tergovdan qochib yurgan 11 nafar shaxs ushlandi

    10.10.2018, 17:30

    “Toshkеnt Avtosavdo” MChJ raisi qator qoidabuzarliklar uchun ishdan bo‘shatildi

    10.10.2018, 17:15

    Farg‘onada o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi berish bo‘yicha 3640 ta ariza kelib tushdi

    10.10.2018, 17:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53

    Indoneziyada 280 kishi bo‘lgan kemada yong‘in: odamlar dengizga sakramoqda (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:52

    AQSHda uchayotgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:30

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.