Pokiston Quruqlikdagi qo‘shinlari kolleji komendanti general-mayor Sarafroz Ali boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya akademiyaning infratuzilmasi, o‘quv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Ta’lim dargohining professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan birgalikda o‘tkazilgan seminar-trening mashg‘ulotlarida har ikki tomon vakillarining ma’ruzalari tinglandi. Ikki mamlakat harbiy bilim yurtlari kelgusidagi hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadli rejalarni belgilab oldi.
Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari Qurolli kuchlar davlat muzeyida ham bo‘lib, milliy armiyamiz tarixi va buguniga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishishdi.
Izoh (0)