O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professor o‘qituvchilari va Germaniya qurolli kuchlari mutaxassislari ishtirokida ikki tomonlama o‘rnatilgan harbiy hamkorlik doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Uchrashuvda germaniyalik harbiy mutaxassis Klaus Xyutger “Kritik infratuzilmalar” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, O‘zbekiston—Germaniya mudofaa vazirliklari tizimida olib borilayotgan yangicha yondashuvlar o‘zaro taqqoslanib, atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, o‘sha kunning o‘zidayoq Germaniya Bundesverining Myunxen universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining tashrifi ham amalga oshirildi. Unda “Bundesverning Myunxen universitetida ofitserlarning ta’lim olish jarayoni”, “Askarlarni tayyorlash doirasida Bundesverning psixosotsial tarmog‘i” mavzularida ma’ruzalar tinglanib, har ikki davlat mudofaa vazirliklari tizimidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.
Izoh (0)