Surxondaryo viloyatida mahalliy xomashyodan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Bahodir Po‘latovning Toshkentdagi tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Noble Star MChJ vakillari bilan uchrashuvida vohada o‘sadigan turli xil dorivor o‘simliklardan ko‘plab turdagi dori-darmon vositalari hamda tibbiyotda qo‘llaniladigan bir martalik shpris, shuningdek, maxsus xalat, poyabzal, qo‘lqop singari tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
“Yangi tashkil etilgan ‘Termiz’ erkin iqtisodiy zonasida mahalliy xomashyodan raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi viloyat aholisini sifatli dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”,— deyiladi xabarda.
Izoh (0)