2017-yilda Toshkent shahrida eksport hajmi 235 million dollarni tashkil etgandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 8 oyi davomida bu ko‘rsatkich 1,1 barobar oshib, 166 million dollarga yetdi.
Eksportga yuborilayotgan tovarlarning 85 foizini sanoat korxonalari mahsulotlari, 15 foizini yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar tashkil etmoqda.
Toshkentda eksport bilan shug‘ullanyotgan korxonalar soni 800 ta atrofida. Ular orasida BONITO jeans va Turan Silk kabi 100 foiz eksportga ishlayotgan korxonalar bor.
Izoh (0)