O‘zbekiston Markaziy banki valyutalarning 9-oktabrdan boshlab amal qiladigan yangi kurslarini e’lon qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Dollar ketma-ket to‘qqizinchi hafta ijobiy dinamikani namoyish qilmoqda. Ammo bu safar u bor-yo‘g‘i 1 so‘m 42 tiyinga o‘sdi. Ertangi kundan boshlab 1 dollar 8181 so‘m 8 tiyin bo‘ladi.
Yevro bu hafta pasayishda davom etmoqda. Yevropa valyutasi endi 41 so‘m 71 tiyinga pasayib, 9427 so‘m 6 tiyingacha tushdi.
Rossiya rubli ham pastga harakatlanishni boshladi. Uning narxi 3 so‘m 11 tiyinga pasayib, 122 so‘m 73 tiyinga tushdi.
Izoh (0)