Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tayotgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga dastlabki medal yozib qo‘yildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Taekvondo bo‘yicha -48kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ulug‘bek Rashidov musobaqa davomida Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Finalda esa u rossiyalik Dmitriy Shishkoga yutqazib qo‘ydi. Shu tariqa Ulug‘bek musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi.
Ma‘lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 37 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.
Izoh (0)