A Seriya. “Milan” va “Latsio”da g‘alaba, Iguain esa dubl qayd etdi (video)
Bugun, 7-oktabr sanasida Italiya A Seriyasida 8-tur bellashuvlari davom ettirilmoqda. Hozirgacha 4 ta uchrashuv yakuniga yetdi.
Jumladan, Rimning “Latsio” jamoasi o‘z uyida “Fiorentina”ni qabul qilib, 37-daqiqada Chiro Immobilening kiritgan goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Jennaro Gattuzo boshchilik qilayotgan “Milan” esa “Kyevo”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Milanliklar safida Gonsalo Iguain 2 ta gol urgan bo‘lsa, yana bir golga Jakomo Bonaventura mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Pellissye hisobiga yozildi.
A Seriya
8-tur bellashuvlari
7-oktabr, yakshanba
“Jenoa”—“Parma” 1:3
Gollar: 1:0 – 6 Pyontek, 1:1 – 16 Rigoni, 1:2 – 26 Siligardi, 1:3 – 30 Cheravolo.“Atalanta”—“Sampdoriya” 0:1
Gol: 0:1 – 76 Tonelli.“Latsio”—“Fiorentina” 1:0
Gol: 1:0 – 37 Immobile.“Milan”—“Kyevo” 3:1
Gollar: 1:0 – 27 Iguain, 2:0 – 34 Iguain, 3:0 – 56 Bonaventura, 3:1 – 63 Pellissye.“Napoli”—“Sassuolo” 21:00
SPAL—“Inter Milan” 23:30
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar