8-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida gaz portlashi oqibatida ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Aytilishicha, ertalabki soat 10:04 gaz plitasining buzuqligi tufayli gaz-havo aralashmasining portlashi ro‘y bergan.
Portlash oqibatida jarohat olgan ikki bola shifoxonada vafot etgan, yana bir kishi kuyish jarohati bilan tibbiy yordam olmoqda.
Halok bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati:
Bellura Abduhoshimova, 2013-yili tug‘ilgan (uy egasining nabirasi, 100 foizlik termik kuyish);
Farzona Homidova, 2016-yili tug‘ilgan (uy egasining nabirasi, 100 foizlik termik kuyish);
Bundan tashqari, uy egasining kelini, 1991-yili tug‘ilgan Baxtigul Jamolova 40–45 foizlik termik kuyish jarohatini olgan.
Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)