• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda davlat stipendiyalari g‘oliblari xolisona saralab olinyaptimi?

    “Jomboy tongi” gazetasida Orifjon Odilovning davlat stipendiyasi g‘oliblarini aniqlash jarayoni, shu mavzuning ayrim jihatlari yuzasidan maqolasi e’lon qilindi.

    Foto: Shutterstock

    Foto: Shutterstock

    Yaqinda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi joriy yilda davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan talabalar ro‘yxatini e’lon qildi. Shu kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda jarayon bilan bog‘liq bahs-munozaralar davom etyapti. Ayrim hollarda komissiya a’zolarini noxolislikda ayblab, nomunosib nomzodlar taqdirlangani iddao qilinmoqda. Xo‘sh, e’tirozlar o‘rinlimi? Bizningcha, muammoning ildizini ancha quyiroqdan izlash kerak. Keling, mavzuning ayrim jihatlariga e’tibor qaratamiz.

    Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008-yil 13-oktabrda tasdiqlangan “Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, bakalavriatning oxirgi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar davlat stipendiyasiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Bunda a’lo o‘qish va ilmiy-ijodiy ishlarda ishtirok etish, davlat tiliga qo‘shimcha xorijiy tillardan birini o‘zlashtirish mezon qilib olinadi.

    Hujjatning ayni shu bandiga oliy ta’lim muassasalarida yetarli e’tibor qaratilmayapti. Birgina misol. Nomzodlar faqat yuqori bosqich talabalaridan saralab olinadi. Chunki, ularning bilimi va ilmiy salohiyatini aniqlash, rahbar biriktirish, izlanishlarida ko‘maklashish, maromiga yetkazish uchun ketadigan fursat shuni taqozo etadi. Bu kabi ishlar 1—2-semestr davrida tegishli kafedralar tomonidan bajarilishi, 5-semestrda arzirli nomzodni ular ko‘rsatishi kerak. Ammo achchiq haqiqat shuki, amalda bu jarayon ikkinchi bosqichga kelib, ya’ni, talaba o‘zini o‘zi (!) nomzod qilib ko‘rsatganidan so‘ng boshlanadi. Xo‘sh, buning nimasi yomon, dersiz?

    Birinchidan, dastlabki semestrlarda a’lo baho olishga intilish (aksariyat holatda) sun’iy raqobatga aylanib ulgurgan bo‘ladi. Ilmiy salohiyati bor, ammo qishki imtihonlarni “yetarlicha o‘zlashtirolmagan” talaba e’tibordan chetda qoladi. Natijada, nomzodlarni saralab olish qiyinlashadi. Kafedraning imkoniyat doirasi cheklanadi. Chunki nizom talabiga ko‘ra, faqat a’lo bahoga o‘zlashtirganlargina davlat stipendiyasiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Agar salohiyatlilar o‘z vaqtida aniqlanib, ularga e’tibor qaratilganida davlat stipendiyasi uchun munosibroq nomzod ko‘rsatish imkoni kengaygan bo‘lardi. Afsuski, bu jihat nizomda qat’iy belgilab qo‘yilmagan.

    Shunday bo‘lgandan keyin 4-semestrga kelib, ilmiy rahbar biriktirish va nomzodning ilmiy-ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishi uchun juda kam vaqt qolyapti. Natijada, soxta hujjatlar yig‘ish, xom-xatala maqola, tezislarni e’lon qilish, sifatga emas, songa e’tibor qaratish avj olmoqda.

    Olti oyda ellikta maqola

    Nomzodlar o‘rtasidagi raqobat, asosan, izlanishning e’lon qilinganlik darajasi, nufuzi, erishgan yutuqlari hisobi bilan o‘lchanadi. Aytishingiz mumkin, hali bakalavr bosqichini tamomlamagan talaba olti oy, nari borsa, bir yil hisobiga 50—60 ta maqola, risola, monografiya nashr etishga ulguradimi? Qizig‘i, ulgurarkan! Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalarning yig‘ma jildini varaqlab ko‘ring.

    Bugina emas, yana yuzga yaqin diplom, sertifikat, faxriy yorliq, tashakkurnomalarga duch kelasiz. Ular orasida ilmga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan “e’tirofnoma”larga nima bor? Aytaylik, siyosiy partiya kengashi yoki ko‘zi ojizlar jamiyatining biror tadbirida ishtirok etsa-etmasa berilaveradigan faxriy yorlig‘i talabaning shaxsiy sifatini belgilab bermaydi. Lekin bu hujjatlar saralash bosqichida ham, vazirlik komissiyasida ham nomzodning foydasiga “ishlayapti”. Buni esa bo‘lajak stipendiat yaxshi biladi.

    Endi ilmiy maqolalarning saviyasi xususida. Hozir faqat nomiga ilmiy nashr maqomida turgan, ma’lum haq evaziga “xizmat ko‘rsatadigan” jurnallar keragidan ko‘p. Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva, deganidek, chet elda chop etish ham uncha muammo emas. Ikkilanmang, hammasi qonuniy. Nizomida “Bu tijoriy jurnal”, deb ko‘rsatilgan. Maqolaning ilmiy sifati esa ular uchun ikkinchi daraja. Aytaylik, Ukrainada chop etiladigan bir xususiy almanax faoliyati bilan qiziqdik. Unda 16 (!) til, jumladan o‘zbek tilida ham maqolalar chop etilarkan. Vaholanki, tahririyatda o‘zbek tilini biladigan mutaxassis yo‘q. Shuning o‘zi nashrning saviyasini belgilab bermaydimi? Davlat stipendiyasiga nomzodlarning e’lon qilingan aksar ilmiy ishlari shu kabi jurnallar hissasiga to‘g‘ri kelyapti.

    Kitob nashr ettirish esa undan-da oson. O‘zingiz yozgan taqrizga nufuzliroq bir olimning imzosini ololsangiz bo‘lgani. Talabaning (hali ilmiy rahbariga ham nasib qilmagan) “monografiya”si nashrdan chiqdi, deyavering.

    Yetmaganiga, mamlakat bo‘ylab har ikki kunning birida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiya to‘plamlari bor. Ularning nomiga o‘tishi-yu, muqovada ko‘rsatilgan tahrir hay’ati materiallarni o‘qib ham ko‘rmasligi kunday ravshan. Shunday ekan, jon koyitib o‘tirishning nima keragi bor? Bitta maqolaning sarlavha va kirish qismini biroz o‘zgartirib, shu kabi o‘nta to‘plamda chop ettirsangiz bo‘ladi. Faqat sahifasiga 15 ming so‘mdan to‘lov o‘tkazsangiz bas.

    Qarabsizki, “arzimas” xarajat-u harakat bilan davlat stipendiyasiga nomzodning yostiqday hujjatlar yig‘ma jildi tayyor!

    Imtihon qalbaki

    Faqat hujjatmi, saralash imtihonlari-chi, deb e’tiroz bildirishga shoshilmang. Ha, dastlabki imtihonlar ham nizomda aks etgan. Unga ko‘ra, kafedralar nomzod qilib ko‘rsatgan talaba chet tillari bo‘yicha maxsus suhbatdan o‘tishi kerak. Lekin hammasi aslida boshqacha. Bu yerda ham hujjatlar ish beradi. Va deyarli hech kim imtihondan “yiqilmaydi”... Bitta asos bilan fikrimizni isbotlashimiz mumkin. Muqaddam stipendiatlik darajasiga muyassar bo‘lganlar bilan ingliz tilida suhbatlashib ko‘ring. Dastlabki sinovda 86 foizdan ortiq natija qayd etganlarning aksariyati 10—20 ta so‘zdan nariga o‘tolmaydi.

    Imtihondan hamma o‘tib ketaversa, respublika komissiyasiga qaysi birining nomzodi ketadi, deysizmi? O‘rinli savol. “Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandiga muvofiq, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning hujjatlar yig‘ma jildi oliygoh ilmiy kengashiga taqdim etilishi kerak. Bunda kengash kimning nomzodi respublika komissiyasiga taqdim etilishini yashirin ovoz berish yo‘li bilan hal qilishi belgilangan. Lekin bu qog‘ozdagi gap. Ilmiy kengash qarorining kun tartibi qismidagi so‘nggi band “Har xil masalalar” deb ko‘rsatilishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Ilmiy bo‘lim irodasi bilan oxirgi marta o‘tgan ilmiy kengash qaroridagi ana shu “har xil masala” davlat stipendiyasiga nomzodlarni aniqlash sifatida talqin qilinadi. Respublika kengashiga esa eng “semirgan” hujjatlar yuboriladi.

    Baribir hujjat “ish beradi”, degandik-ku...

    Fanga jamoatchi kerak emas!

    Fikrimizcha, tizimni tubdan qayta ko‘rib chiqish fursati allaqachon yetgan. Avvalo, oliygoh ilmiy kengashida davlat stipendiyalariga nomzodlar taqdim qilish bo‘yicha maxsus vakil tayinlanishi (ular amalda ishlashi ham) kerak.

    Respublika komissiyasiga taqdim qilinadigan hujjatlar ham songa emas, sifatga ko‘ra baholansa, soxta raqobatning oldi olingan bo‘lardi. Aytaylik, nomzodning ko‘pi bilan beshtagacha, shunda ham so‘nggi olti oyda emas, ikki yil davomida, duch kelgan tijoriy nashrda emas, nufuzli davlat jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolasi inobatga olinsin.

    Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan talaba magistratura bosqichiga imtiyozli qabul qilinadi. Bu esa sof ilmiy faoliyat, degani. Shunday ekan, stipendiyaga nomzodning turli jamoat tashkilotlaridagi faoliyati mezonga kiritilishi mantiqan to‘g‘ri emas (aslida, bu nizomda ham yo‘q). Zero, fanga “faol jamoatchi”dan ko‘ra, zahmatkash olimlar kerak.

    07.10.2018, 12:05   Izoh (0)   25064
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jomboydagi ko‘p qavatli uylarda kanalizatsiya bo‘ladimi?

    07.10.2018, 11:05

    Sergelidagi tungi poyga ishtirokchilariga jarima va ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi (video)

    07.10.2018, 10:50

    “Toshshahartransxizmat” sifatsiz xizmatining sabablarini bartaraf etadi

    07.10.2018, 10:29

    Qashqadaryoda boshlig‘ini pichoqlagan MIB xodimi 16 yilga qamaldi

    07.10.2018, 10:10

    Moskvada Qur’on musobaqasi o‘tkaziladi

    07.10.2018, 09:35

    Toshkentda sud sport kiyimidagi mijozni ichkariga qo‘ymagan restorandan 1 mln so‘m undirib berdi

    07.10.2018, 09:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda davlatga qarashli futbol stadionlarini sotuvga chiqarish taqiqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 09:29

    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar

    Reklama | 26 avgust, 09:00

    “Manchester Siti” yangi transferni amalga oshirish arafasida turibdi

    Sport | 26 avgust, 09:26

    AQSH rasman Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

    Dunyo | 26 avgust, 09:15

    O‘limga olib keluvchi sahnalar: suratga olish jarayonida yuz bergan fojiali hodisalar

    Kino | 26 avgust, 09:10

    Odamga ilk bor cho‘chqa o‘pkasi ko‘chirib o‘tkazildi

    Dunyo | 26 avgust, 08:53

    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing

    Reklama | 26 avgust, 08:30

    G‘azo shahrida 18 kun ichida mingdan ortiq bino vayron qilindi

    Dunyo | 26 avgust, 08:43

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.