Joriy yilning 11—12-oktabr kunlari Dushanbeda Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Xitoy, Pokiston, Rossiya va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining amalga oshirilishi, ShHT Ishbilarmonlik kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyatini muhokama qiladi.
Hukumat rahbarlari tashkilot faoliyatining turli yo‘nalishlariga oid qator qarorlarni ko‘rib chiqadi. Jumladan, uning 2019-yilgi budjetini tasdiqlaydi, qo‘shma kommyunikeni qabul qiladi. Shundan so‘ng hukumat rahbarlari kengashining ShHT kuzatuvchi-davlatlari va muloqot bo‘yicha sheriklari delegatsiyalari ishtirokidagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kengash yig‘ilishi doirasida hukumat rahbarlarining qator ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)