Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Muhandislar-konsultantlar uyushmasi tashkil etildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Foto: “Podrobno.uz”

Uyushma ta’sischilari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Islohotkonsaltservis kompaniyasi bo‘ldi.

Uyushmaning vazifalari quyidagilar:

  • loyiha, injiniring va konsultatsiya xizmatlarini rivojlantirish;
  • uning a’zolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga jalb etish;
  • uyushma a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
  • xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislar-konsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining malakasini oshirish;
  • oliy ta’lim muassasalari bilan ularning o‘quv dasturlariga loyihalash va qurilish sohasidagi eng yangi yutuq va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish;
  • xorijiy muhandislar uyushmalari bilan hamkorlik qilish, sifatli loyihalashtirish ishlarini, shu jumladan, xorijda amalga oshirish uchun konsorsiumlar shakllantirish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda