Ravon sentabrda Rossiyada bitta ham avtomobilni sota olmadi, deb xabar beradi Spot Yevropa biznesi uyushmasi ma’lumotlariga tayanib.
Rossiyada avtomobillar taqchilligi shunga olib keldiki, kompaniya to‘rt oydan beri avtomobillar sota olmayapti.
So‘nggi bor kompaniya may oyida 508 dona avtomobil sotgandi. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan g‘oyib bo‘ldi.
Taqchillikning kamida ikkita sababi bor — Rossiya bozoridagi narxlarni qayta ko‘rib chiqish va kompaniyaning biznes modelidagi sezilarli o‘zgarishlar:
“Narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalari kursi o‘zgarishi hamda RFda utilizatsiya yig‘im stavkalari oshirilishi bilan bog‘liq. Biznes-modelning o‘zgarishi rebrending bilan kechdi va modellar yangilangan qatori ishga tushirilishi hamda Ravon brendi rivojlanishi, Rossiya bozori uchun yangiliklar ishga tushirilishi bo‘yicha loyihalar va dilerlik tarmog‘i kengayishi bilan birga davom etmoqda”, — deya xabar berishdi Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan’da.
Ravon Rossiyada yozda bir dona ham mashinani sotmagani xabar qilingandi.
Izoh (0)