“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish evaziga aholi bandligini ta’minlash masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda, deb yozadi O‘zA.
O‘tgan bir yilda jami 747 ta ish o‘rni yaratildi. Bandlikni ta’minlash dasturiga asosan, joriy yilda jami 612 ta ish o‘rni yaratish belgilangan. Yanvar—avgust oylarida tizimda 546 ta yangi ish o‘rni yaratishga erishildi. Shuning 473 tasi kasanachilik va 73 tasi yangi korxonalar hisobiga yaratilgan ish o‘rinlaridir.
Ahamiyatlisi, kasanachilik ish o‘rinlari nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan xotin-qizlarga 300 dan oshiq tikuv mashinasi olib berish hisobiga yaratildi.
Izoh (0)