Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 29-sentabr (Toshkent vaqti bilan 30-sentabr) kuni AQShda o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Foto: MOQ matbuot xizmati

Professional boksdagi ikkinchi jangida Jalolovga mezbon bokschi Tomas Haukins raqib bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va o‘shanda Ugo Truilioni nokaut evaziga mag‘lub etgandi. Tomas esa hozirgacha 7 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasini o‘z foydasiga hal qilgan (1 tasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan). Uchta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (1 ta jangda nokaut bo‘lgan).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi