Xorvatiya terma jamoasi sobiq ustozi Slaven Bilich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda “Sport24” xabar berdi.
50 yoshli mutaxassis “Al-Ittihod” bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi. Bilich klub bilan mavsum oxirigacha shartnoma tuzdi. “Ittihod” amaldagi mavsumning dastlabki 4 ta o‘yinda 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgani sabab jamoa bosh murabbiyi Ramon Diasni iste’foga chiqargandi.
Bilichning so‘nggi ish joyi Angliyaning “Vest Hem” jamoasi bo‘lgandi. Murabbiy ingliz klubidan 2017-yil noyabr oyida iste’foga chiqarilgan edi.
Izoh (0)