Kecha, 27-sentabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslarining birinchi finalchisi aniqlandi. “Paxtakor” safarda “Qo‘qon-1912” jamoasini 5:2 hisobida taslim etib, o‘z tarixida 14-marta mamlakat kubogi finaliga chiqdi.
Bugun, 28-sentabr kuni ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ladi. Toshkentdagi “Milliy” stadionida “Bunyodkor” va AGMK jamoalari ikkinchi final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi. Bahs 18:30 da boshlanadi. Uchrashuv Sport-TV telekanali orqali namoyish etiladi.
O‘zbekiston Kubogi—2018
1/2 final bellashuvi
28-sentabr, juma
Izoh (0)