Rossiya O‘zbekistondan keltiriladigan yuklar uchun maxsus shartlarni taqdim etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “RTY” boshqaruv raisi Oleg Belozerov ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno”.
Belozerov Toshkentga yaqindagi tashrifida Rossiya tomoni hozirda maxsus tarif shartlarini ishlab chiqayotganligini ma’lum qildi. Uning doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan yuklarni tashish, jumladan O‘zbekistonning mineral o‘g‘itlar, rangli metallar va boshqa mahsulotlarini tashish uchun 50 foizgacha chegirmalar taqdim etish rejalashtirilmoqda.
Joriy yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi kabi mamlakatlarga butun hududi bo‘ylab yuklarning alohida turlarini tashish uchun turli imtiyoz va chegirmalar taqdim etdi.
O‘z navbatida, qozoq, turkman, rus, ukrain, gruzin va eronlik hamkorlari tomonidan O‘zbekistondan yuklarni tashishga imtiyozlar taqdim etildi.
Izoh (0)