Britaniyaning Daily Mail nashri 11 yoshli tojik bolaning uzun kipriklariga e’tibor qaratdi, deb yozadi “Asia Plus”.
Muin Bachonayev 2012-yilda Rossiya rekordlar kitobining “Eng uzun kipriklar” sahifasiga kiritilgan.
Muinning otasi Zaydullo Bachonayevning aytishicha, o‘g‘lining kipriklari uzun ekanligini tug‘uruqxonadayoq payqashgan. O‘shanda chaqaloqning kipriklari uning labiga tushib turardi. Ota-onasi Muinni shifokorlarga ko‘rsatgan, ular esa bolaning sog‘lom ekanligini aytgan.
Muin futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi hamda katta bo‘lganida zo‘r futbolchi bo‘lishni orzu qiladi. U Moskvaning “Spartak” futbol akademiyasining 2006-yilda tug‘ilgan bolalar guruhi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
“Men hamma odamlar singari yashayman. Kipriklarim haqida ortiqcha qayg‘urishning hojati yo‘q, ular menga noqulaylik tug‘dirmaydi”, — deydi Muin.
Hozirda Muinning kipriklari uzunligi 4,5 santimetrni tashkil etadi, u allaqachon Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgan. U Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi uchun kipriklarini yana 7 santimetrga o‘stirishi kerak. O‘shanda u 6,99 santimetr kiprikka ega Styuart Myullerdan o‘zib ketadi.
Izoh (0)