• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev: Davlat tomonidan milliardlab mablag‘ hisobiga qurilgan ayrim inshootlar ayanchli ahvolga kelib qolgan

    O‘zA Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bilan tizimdagi kamchiliklar, sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida suhbat tashkil uyushtirdi. Quyida suhbat to‘liqligicha havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    – Dilmurod Hamidullayevich, siz sport vazirligida faoliyat boshlaganingizga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ayting-chi, mamlakatimiz sportchilari erishayotgan natijalar bilan faxrlansak arziydimi?

    – Bugun O‘zbekiston tom ma’noda sporti rivojlanayotgan, sportni ruh va dil tantanasiga aylantirgan odamlar mamlakatiga aylangan. Pirovardida, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini dunyoga namoyon qilmoqda. Birgina joriy yilda Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza – jami 70 medalni qo‘lga kiritdi. Bu mamlakatimiz sporti tarixida eng yaxshi natija ekanini faxr bilan tilga olamiz.

    – Aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bunda ularga imkoniyat yaratish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

    – Darhaqiqat, bugun jismoniy tarbiya va sportni aholi o‘rtasida ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda qator tizimli muammo va kamchiliklarning borligi mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Davlatimiz rahbari jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullantirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim muassasalaridagi sport obyektlaridan barcha yosh toifasidagi odamlarning foydalanishi tashkil etilmaganiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shunga muvofiq, oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biri, bu – aholi o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularni jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etishdir.

    Shu maqsadda korxona, ta’lim muassasalari, istirohat bog‘larida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazishga e’tiborni kuchaytirishimiz, bunday mashqlarning inson salomatligi uchun juda foydaliligini targ‘ib qilishimiz zarur. Bunda asosiy e’tiborni qisqa muddatlarda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish bo‘yicha hududlarda namunaviy modellarni ishlab chiqib, tajriba sinovidan o‘tkazishga qaratish maqsadga muvofiq. Hozirda aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olish, odamlarning umrini uzaytirish Milliy konsepsiyasi ustida ish boshladik.

    Prezidentimiz tomonidan bu yo‘nalishda ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shu asosda Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, 3-5 daqiqalik ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlarini targ‘ib qilishga qaratilgan sport sog‘lomlashtirish mashqlari teledasturlarini tayyorlash va har kuni ertalab, kunduzi va kechki vaqtlarda barcha telekanallar orqali efirga uzatishni rejalashtirmoqdamiz.

    Bu mashqlarni bajarish uchun esa barcha tashkilotlarda xodimlarning ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug‘ullanishi uchun tegishli sharoit yaratishimiz lozim bo‘ladi. Shu bilan birga o‘z jamoasini jismoniy tarbiya va sportga faol jalb qilgan tashkilot rahbarlarini rag‘batlantirib borishni rejalashtirganmiz. Hozirda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda bu tizimning mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

    Ta’lim muassasalari va shifoxonalarda jismoniy tarbiyani targ‘ib qilish orqali kasalliklarning oldini olish profilaktikasi haqida tushunchalar berib borish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, aholining yoshiga qarab, umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish“ va “Barchinoy“ testlarini musobaqa tarzida doimiy ravishda o‘tkazilishini tashkil qilish va ularni rag‘batlantirish uchun I, II va III darajali ko‘krak nishonlarini joriy etishni rejalashtirmoqdamiz.

    Shuningdek, har yili ommaviy sport tadbirlari respublika taqvim rejasi doirasida “Ta’lim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla haftaligi”, “Nuroniylar haftaligi”, “Yoshlar haftaligi” kabi shiorlar ostida aholining barcha qatlamlarini sportga jalb etishga e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, sport bilan muntazam shug‘ullanmaydigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan holda, ularga mos sport turlari bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi.

    Bu yo‘nalishdagi ishlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan yaqin hamkorlik qilamiz. Xususan, 2018—2019-yillar davomida Yoshlar ittifoqi mablag‘lari evaziga hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sun’iy qoplamali, badminton maydonchalari barpo etishni maqsad qilganmiz. Shu bilan birga hududiy hokimliklarga ham aholi yashash punktlari, yo‘l qurilishi ishlarini loyihalashtirishda velosiped yo‘laklari, yugurish marshrutlarining ko‘rsatkichlarini o‘rnatish, badminton, mini-futbol, stritbol maydonlarining qurilishi majburiy etib belgilandi.

    – Sport muassasalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, ularni zarur jihozlar va inventarlar bilan ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    – Respublikamiz hududlarida mavjud holatlarni o‘rganish ishlari natijasida ba’zi sport obyektlarida qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida yakunlanmagani, qolaversa, inventarlar bilan ta’minlash bo‘yicha jiddiy muammolar borligiga guvoh bo‘ldik.

    Jumladan, ayrim ta’lim muassasalariga yetkazib berilgan jihozlar bolalarga foydalanish uchun berilmasdan, omborlarda saqlanayotgani kuzatildi. Ba’zi holatlarda ayrim sport jihozlari va inventarlarining sifatsizlari yetkazib berilganligi sababli sport muassasalari bundan samarali foydalana olmagan. Shu sababli, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish, ushbu tizimda shaffoflikni ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika va xalqaro darajada o‘tkaziladigan musobaqalarda jamoalarni sport kiyim-kechaklari va anjomlari bilan ta’minlash uchun bir qator korxonalarni hamkorlikka taklif etdik.

    Joriy yilning 7-sentabr kuni poytaxtimizda o‘tkazilgan “O‘zbek sport sanoati – 2018” ko‘rgazmasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasidan eng ilg‘or va sifat ko‘rsatkichi yuqorilarini o‘rganish imkoni bo‘ldi. Sport muassasalariga 2019-yil uchun sport jihozlari va inventarlarini xarid qilishda ular orasidan eng ilg‘orlari tanlab olinadi.

    – Ma’lumki, davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar bilan o‘zaro munosabatlarning yetarli darajada tashkil etilmaganligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangiz orqali Toshkent shahrida joylashgan qator obyektlar tadbirkorlarga taklif etildi, shuningdek, vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida autsorsing xizmati joriy etilishini ma’lum qildingiz. Bundan qanday maqsad ko‘zlangan?

    – To‘g‘ri, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo‘yicha nodavlat sektor bilan munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti. Shu nuqtai nazardan, vazirlik tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Toshkent shahridagi ayrim sport ta’lim muassasalarining sport maydonlari faoliyatini unumli tashkil qilish maqsadida tadbirkorlarga taklif etildi.

    Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham mazkur yo‘nalishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi. Endilikda ishchi guruhlar tomonidan respublikamizdagi mavjud barcha obyektlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. Aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar uchun xizmat ko‘rsatish samaradorligi sust bo‘lgan va foydalanilmayotgan sport obyektlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanayotir.

    Shu bilan birga, mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari, sport maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy autsorsing xizmati asosida ishonchli shartnomaviy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishishlari boshlab yuborildi.

    Bilamiz, sportchi uchun eng muhim jihatlardan biri qat’iy nazorat qilinadigan kaloriyali ovqatlanish ratsioni hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat ta’lim muassasalarida yosh sportchilarni ovqatlantirishda ma’nan eskirgan tizimdan foydalanilmoqda. Shu sababli mazkur jarayonga zamonaviy ilg‘or tajribalarni joriy etamiz. 2018—2019-o‘quv yili davomida dastlabki tajriba sifatida Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari, sport maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy autsorsing xizmatini yo‘lga qo‘yamiz. Keyinchalik bu tizim barcha ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

    Shuningdek, ta’lim muassasalarining sport inshootlaridagi pullik xizmat ko‘rsatuvchi to‘garaklarga tushadigan mablag‘larning hisobini yuritish tartibi ishlab chiqiladi. Bunda mablag‘larning asosiy qismi to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan murabbiylar va ta’lim muassasalari rahbarlari ixtiyorida qoldiriladi.

    – Sport ta’limi muassasalarining mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik ahvoli qay darajada? Qaysi sport turlari bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligi mavjud?

    – Sportni ommalashtirishda, ayniqsa, yoshlarni sportga jalb etishda murabbiylarning o‘rni katta. Ayrim sport turlarining respublikamiz bo‘yicha ommalashmagani yoki xalqaro musobaqalarda ba’zi sport turlari bo‘yicha kam sonli sportchilar bilan ishtirok etishimizning sabablaridan biri, mazkur sport turlari bo‘yicha murabbiylar tanqisligidir. Respublika bo‘yicha sport muassasalarida 11 ming 573 sport murabbiysi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni damda yana 1142 murabbiyga ehtiyoj bor.

    Bu masalaga ham davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga “Universitet” maqomi berildi. Poytaxtimizdagi tor va noqulay binoda joylashgan muassasaga Chirchiq shahridan katta hudud va binolar ajratildi. Prezident farmoniga asosan qisqa muddatda muassasa o‘quv binolari qayta rekonstruksiya qilinib, moddiy-texnik bazasi yangilandi.

    Ayni paytda universitetning 5 o‘quv binosi, 2 talabalar turar joyi, 2 oshxona va axborot-resurs markazi, manej, boks, taekvondo, og‘ir atletika, gimnastika zallari, tennis, nayza uloqtirish, futbol maydonlari, yozgi va qishki suzish havzasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2018-2021 yillar davomida universitet hududida qo‘shimcha 1600 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi, 600 o‘rinli o‘quv binosiga ega bo‘lgan gimnastika zali, 3 ta sport inshooti qurish, futbol maydoni va uning ma’muriy binosini qayta rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda malakali murabbiylar tayyorlash bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Yaqinda Belarus Respublikasi Sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdik. Jumladan, Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda qishki sport turlari va gimnastika bo‘yicha trenerlar tayyorlab beradigan fakultet tashkil etish va bitiruvchilarga qo‘shma diplom berish bo‘yicha kelishib oldik.

    Shuningdek, murabbiylar tayyorlash bo‘yicha jahoning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, yurtimizda yaxshi rivojlanmagan sport turlari bo‘yicha murabbiylar tayyorlash maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    Bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish uchun tizimda mavjud bo‘lgan ayrim byurokratik to‘siqlar olib tashlandi. Endilikda Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindor sportchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri, attestatsiyadan ozod etgan holda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun ruxsatnomalar beriladi.

    – Prezidentimiz o‘tkazgan yig‘ilishda Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi sport obyektlarida qurilish ishlari orqada qolayotgani aytildi. Mazkur muammoni hal qilishda vazirlik tomonidan qanday vazifalar belgilab olindi?

    – Joriy yilda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 56 sport obyektini qurib, foydalanishga topshirish, bu maqsadlarga 362 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi belgilangan edi. Lekin joriy yilning 10-sentabr holatiga ko‘ra, atigi 113 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizda qurilish ishlari orqada qolmoqda. Mazkur hududlarda obyektlarning qurilish va ta’mirlash ishlarining kechikish sabablari o‘rganilmoqda. Bu ishlarning barchasi nazoratda. Qurilish tashkiloti rahbarlari va mahalliy hokimlik mutasaddilari ma’lumotiga ko‘ra, ushbu obyektlarni qurish uchun mablag‘lar yakuniy qismi o‘z vaqtida ajratilmaganligi, quruvchi tashkilot yetarli darajada ishchi kuchi va texnika jalb qilmaganligi sababli ishlar yakuniga yetmagan. Bu borada o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan mas’ul xodimlar lavozimidan ozod etildi. Yangi tayinlangan mas’ul shaxslarga mazkur muammoni tezkorlik bilan hal qilish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

    Tizimdagi bu kabi mavjud kamchiliklarning oldini olish maqsadida tez orada Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2020—2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturi ishlab chiqiladi.

    – Sport inshootlari qurilishidagi sifat haqida gapirdingiz, o‘tgan yillarda qurilgan inshootlar holati haqida ma’lumot bersangiz? Ulardan samarali foydalanilmoqdami?

    – Bu juda dolzarb masala. Prezidentimiz ham yig‘ilishda bu masalaga alohida to‘xtalib, vazifalar belgilab berdi. Sir emas, davlat tomonidan milliardlab mablag‘ hisobiga qurilgan ayrim inshootlar ayanchli ahvolga kelib qolgan. Bu manzara, ayniqsa, suzish havzalarida kuzatilmoqda.

    Kelgusida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi qoshida sport inshootlarini yangi texnologiyalar asosida loyihalashtirishga ixtisoslashgan alohida loyiha institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida qurilish va loyiha tashkilotlari mutaxassislari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan chet elga yuboriladi.

    – Yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish va terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish borasida nimalarga e’tibor qaratiladi?

    – Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni tanlab olishning samarali va shaffof tizimini yaratish, terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash dolzarb hisoblanadi.

    Joylardagi bo‘sh turgan xususiy obyektlar negizida aholini, xususan, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish uchun imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sport markazlarini tashkil etish talab etiladi. Shu bois, vazirlik tomonidan Yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar bilan birgalikda ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari hamda bo‘sh turgan obyektlarda sport seksiyalarini ochish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Shu asosda tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida sport musobaqalari sonini yanada ko‘paytirish, ularni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Iqtidorli sportchilarni tanlab olishda Respublika oliy sport mahorati maktablari ish faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish maqsadida Respublika oliy sport maktablari namunaviy shtatlariga – sport menejeri va sport turlari bo‘yicha seleksioner lavozimlari kiritildi.

    Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarning iste’dodini yuzaga chiqarish va xalqimiz kutayotgan natijalarni qo‘lga kiritish uchun barcha ishlarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

    25.09.2018, 16:34   Izoh (0)   25174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bloomberg: Roman Abramovich “Chelsi”ni 3 mlrd funtga sotishga tayyor

    25.09.2018, 15:52

    Fotogalereya: The Best marosimiga tashrif buyurgan futbol yulduzlari va ularning ayollari

    25.09.2018, 12:23

    The Best Football Awards. Ektor Kuper va Odil Ahmedov kimlarga ovoz bergan?

    25.09.2018, 12:08

    Ronaldu va Messi ishtirok etmagan FIFAning The Best Football Awards marosimidan fotojamlanma

    25.09.2018, 11:52

    The Best Football Awards. Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati (fotogalereya)

    25.09.2018, 11:41

    Bu fakt! Pepsi Superliganing so‘nggi 2 turida “Paxtakor”ning 2 ta goli hisobga olinmadi (video)

    25.09.2018, 10:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.