Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 23 va 24-turlarida “Paxtakor” hakamlardan jabr ko‘rdi, deb yozmoqda “Championat.asia”.
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor”ga qarshi safardagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar Jaloliddin Masharipovning golini o‘yindan tashqari holat deb topib inobatga olishmadi. O‘yinda 3:3 hisobi qayd etildi.
“Navbahor” — “Paxtakor” 3:3. Masharipovning hisobga olinmagan goli
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan “Buxoro”ga qarshi Toshkentdagi o‘yinning birinchi bo‘limida Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar Dragan Cheranning golini o‘yindan tashqari holat deb topib inobatga olishmadi. Bu uchrashuvda esa “Paxtakor” 2:1 hisobida g‘olib bo‘ldi.
“Paxtakor”—“Buxoro” 2:1 Cheranning hisobga olinmagan goli
Izoh (0)