Toshkent davlat pedagogika universitetida innovatsion pedagogika o‘zbek-belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilmoqda.Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bu borada Toshkent davlat pedagogika universitetida Belarusning favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich, Belarus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Juk boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishuvga erishildi.
Qo‘shma fakultetga dastlab logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafar talaba qabul qilinadi.
O‘quv jarayonlari ikkala universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan eng ilg‘or tajribalar asosida olib boriladi. Talabalar o‘quv jarayoni va amaliyotning bir qismini Belarusda o‘tadi hamda bitiruvchilarga Belarus va Toshkent davlat pedagogika universitetlarining diplomi (double degree) beriladi.
Izoh (0)