Shveysariyada o‘tayotgan navbatdagi referendumda ikki masala fuqarolar tomonidan muhokama qilinmoqda — import tovarlari nazoratini oshirish hamda mahalliy fermerlarni qo‘llab-quvvatlash. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Referendum orqali hukumatda mamlakatda sifatli, ekologik toza mahsulotlar sotilishini talab qilishmoqchi. Xususan, bundan keyin shveysariyalik inspektorlar mahsulotlar sifatini tekshirish uchun chet elga chiqishi majburiy qilib qo‘yilishi mumkin.
Shu tariqa, chet el mahsulotlari Shveysariya qonunchiligiga mos kelmasa, uning import qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izoh (0)