Hindiston shimolida avtobusning jarga qulashi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi tan jarohati oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” agentligi.
Hodisa 22-sentabr kuni Hindistonning Himachal-Pradesh shtati poytaxtidan 65 kilometr uzoqlikda yuz bergan.
Qayd etishlaricha, 10 kishi hodisa joyining o‘zida halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida yetti yoshli bola ham borligi aytilmoqda.
Hindustan Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, tan jarohati olgan uch kishi, xususan, yosh bola kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)