Turkiyaning shimoliy-g‘arbidagi Kojaeli viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi, deya xabar berdi “Xabar.uz”.
Avtobus Istanbuldagi Oqsaroy shahridan o‘quvchilarni aviashouga olib ketayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lganlar: bir o‘quvchi va bir o‘qituvchi. Tan jarohati olganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Avariya yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga avtobusning shinasi yorilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)