Vashington Tehronga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqmasa, Donald Tramp va uning mamlakatini Saddam Husaynning taqdiri kutadi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Ruhoniy Eron hatto AQSh bosimi ostida ham raketa dasturidan voz kechmasligini bildirdi.
“BMT va Xavfsizlik kengashi Saddamni urush boshlanishi uchun javobgar deb topgan, uni qo‘llab-quvvatlagan barcha davlatlar esa keyinchalik bundan afsus qilgandi. Tramp va Amerikani ham shunday taqdir kutmoqda”, — ta’kidladi Eron prezidenti.
Izoh (0)