O‘zbek paxtasining AQSh “qora ro‘yxati”dan chiqarilishi mamlakatga dunyoning taniqli brendlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatini beradi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi dunyo bozorlarining rivojlanishi tahlili va prognozi boshqarmasi boshlig‘i Akmal Eshniyozov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“O‘zbekiston hukumati, Xalqaro mehnat tashkiloti va xalqaro nohukumat tashkilotlarining hamkorlikdagi harakatlari tufayli bu natijaga erishildi. Mazkur holat dunyo sahnasida O‘zbekiston imidjiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va Gucci, Louis Vuitton, H&M, OGGI, Adidas, Nike va boshqa yetakchi xorijiy brendlar bilan hamkorlikka yo‘l ochadi”, — deydi Akmal Eshniyozov.
Vazirlik vakiliga ko‘ra, endi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining rivojlangan davlatlar, jumladan, Yevroittifoq, Shimoliy Amerika va Yaponiya bozorlariga eksportini oshirish imkoniyati tug‘iladi.
Izoh (0)