Rossiyaning Kosmik tadqiqotlar instituti Oy yuzasidagi muzning yangilangan xaritasini taqdim etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xaritaning avvalgi talqini 2015-yilda taqdim etilgan.
Oyning janubiy qutbi gruntidagi suv muzlarining tarqalish xaritasi LRO apparati bortidagi Rossiyaning LEND neytron teleskopi ma’lumotlari asosida yaratilgan. Apparatning kosmosdagi faoliyatiga 2018-yilning sentabr oyida sakkiz yil to‘ldi.
LEND qurilmasi Oy yuzasidan chiquvchi neytron oqimlarini qabul qiladi va vodorod miqdorini aniqlaydi. Uning asosida esa suv muzlarining ehtimoliy ulushi haqida taxmin qilish mumkin.
Izoh (0)