AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada yana Kim Chen In bilan uchrashmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Peterburgskiy dnevnik” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
Prezidentning o‘zi Shimoliy Karolinaga jo‘nab ketish oldidan jurnalistlarga aytishicha, yangi uchrashuv haqiqatan ham rejalashtirilmoqda. Tramp Twitter’dagi sahifasida Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlanishidan mamnun ekanligini yozdi.
“Bundan tashqari, Shimoliy va Janubiy Koreya 2032-yilgi Olimpiadani o‘tkazish uchun qo‘shma ariza beradi. Juda hayajonlantiruvchi holat!” — deya e’tirof etdi Tramp.
Ikki mamlakat yetakchilari 12-iyun kuni Singapurda uchrashgan edi. Ikkala siyosatchi ham bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarda shubhasiz katta progressni bildirishini aytgandi.
Izoh (0)