Yangi Zelandiyaning Oklend shahri qirg‘oqlarida “titrab turgan ulkan mavjudot” topildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
FoxNews telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, plyajga kelgan odamlar pushti rangli jelesimon moddaga duch kelgan. Ular mavjudot qimirlab turganini ko‘rgan. Ba’zi guvohlar esa u vulqon krateriga o‘xshashini aytgan.
Keyinroq bu mavjudot sertuk sianeya, ulkan meduza ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bunday meduzaning qubbasi diametri ikki metrgacha yetishi mumkin, uning paypaslagichlari esa 20 metrgacha uzunlikda bo‘lishi mumkin. Bu meduzalar plankton, mayda baliq va boshqa mikroorganizmlar bilan oziqlanadi, Atlantika va Tinch okeani havzasida yashaydi.
Izoh (0)