Tutqunlikda yashovchi eng keksa delfin Germaniyaning Nyurnberg shahri hayvonot bog‘ida vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Delfin 58 yoshda bo‘lgan, u umrining 48 yilini Nyurnberg hayvonot bog‘ida o‘tkazgan. Hayvon 16-sentabr kuni vafot etgan.
Mobi laqabli delfin afalin turidan bo‘lgan va 50 yoshigacha hayvonot bog‘ida yashovchi barcha delfinlarga yetakchilik qilgan. O‘z hayoti davomida u 13 ta delfinning otasi bo‘lgan. Ular ayni paytda Gollandiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqa Yevropa davlatlari hayvonot bog‘larida yashamoqda.
Mobi 16-sentabr kuni ertalabki ovqatlanishga suzib kelmagan. Mutaxassislar delfinga nima bo‘lganini tushunish uchun undan tahlil olgan. Biroq hayvon bir necha soat avval vafot etgan edi.
Izoh (0)