20-sentabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (TATKK)da “AKT konvergensiyasi” va “Elektron biznes” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbek-koreys fakulteti ochiladi, deya xabar bermoqda Spot. Bu TATKK va Ulsan kollejining qo‘shma loyihasidir.
“Ikki taraflama ta’lim to‘g‘risidagi memorandum 1-avgust kuni imzolangan edi. Sheriklik aloqalari o‘tgan yillar mobaynida o‘rnatilgan”, — dedi kollej direktori Dmitriy Li.
Ikki taraflama ta’lim ikki bosqichdagi o‘qishni anglatadi. Birinchi yili talabalar Toshkentda o‘qib, maxsus fanlarni o‘zlashtiradi, parallel ravishda esa koreys va ingliz tillarini chuqur o‘rganadi.
Toshkentda birinchi kursni tugatib, talabalar mahalliy namunadagi diplomni qo‘lga kiritadi. Ikkinchi kurs Janubiy Koreyada — sherik kollejda olib boriladi. Bitiruvchilarga xalqaro namunadagi diplomlar beriladi, ular bilan Ulsan universiteti yoki Janubiy Koreyadagi istalgan OTMga imtihonsiz, bevosita bakalavriatning uchinchi kursiga o‘qishga kirish mumkin.
O‘qish pulli. 2018-yilda yangi fakultetga TATKK yoki boshqa profil kollejlar bitiruvchilari qabul qilinadi. Shuningdek, ikkinchi mutaxassislikka ega bo‘lish istagidagi o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotli shaxslar ham talaba bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)