• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amir Temur otining laqabi “O‘g‘lon” edi

    O‘zAda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi matbuot kotibi Anvar Suyunovning Sohibqiron Amir Temurning oti haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ko‘hna moziyni yilqisiz tasavvur etish qiyin.

    To‘g‘rirog‘i, ne-ne qirg‘inlarni bag‘riga bosib yotgan o‘tmish sahifalarida ko‘plab jahongirlar qatorida tarix mulkiga aylangan otlar izi bor. Deylik, hazrati Muhammad sollollohu alayhi vasallam Buroq, xalifa Ali Duldul, fotih Iskandar Butsefal kabi arg‘umoqlar bilan eslanadi. Otchilik tarixi tadqiqini ushbu qadimiy otlar silsilasida tahlil qilganda ko‘hna dunyo yilqichiligi namoyon bo‘ladi. Ya’ni-ki, Butsefalu Buroqlar timsolida arab va friz otlarining o‘tmish qa’riga singib ketgan seleksiyasi bo‘y ko‘rsatadi. Har ikki tarixiy zotning nechog‘lik qadimiy ekanligini dalillaydi.

    Ana shu eski zotlar sirasida o‘zbek elining ko‘pming yillik qadrdoni hisoblanmish qorabayir otlari ham borki, quyida sohibqiron Amir Temurning suyukli “O‘g‘lon” laqabli oti timsolida o‘rta asr qorabayirlari haqida so‘z yuritamiz.

    Dastlabki ta’kid shuki, jahongir bobomizning suyukli va nomdor otlari ko‘p bo‘lgan. Lashkar eli muntazam toza qonli jangchi otlar bilan ta’minlab turilgan. Buning uchun sohibqiron davlati devonida “sipohsolar”, “miroxur” kabi lavozimlar joriy etilib, ular atrof-javonibdan eng kuchli, eng sara sinchi-sayislarni lashkar o‘rdasiga jamlagan. Sinchilar uyurlardan kelajagi porloq toylarni sinlab keltirsa, sayislar ana shu toylardan uchqur arg‘umoqlar chiqargan. Har bir otning qadami-yu jilovi qat’iy nazoratda bo‘lgan. Sarkarda bobomizning Eronғu Turon, Hindistonu Gurjiston orasida shamoldan tez, qushdan ilg‘or harakatlanishida sinchi-sayislar mehnati yotadi aslida.

    O‘rta asr solnomalarida Amir Temur va temuriy hukmdorlarning muhorabalari, turmush tarzi bilan bog‘liq kechmishlarida ot bilan bog‘liq juda ko‘p xotiralar qayd etilgan. Shulardan biri “O‘g‘lon” haqidagi qaydlardir. U haqdagi dastlabki va nisbatan to‘liq ma’lumot Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”sida quyidagicha keladi:

    – Amir Sohibqiron ul viloyatning podshohligini To‘qtamish (To‘xtamishxon nazarda tutilgan – A.S) podshohga taqdim etdi, asbob-anjomlarni muhayyo qilib, uni o‘sha mamlakatda qoldirdi, uchqurlikda shamoldan o‘zuvchi, tezlikda suvdan ham o‘t chaqnatuvchi “O‘g‘lon” nomli bo‘z otini unga in’om qildi...

    Bu voqealar 1379-yilda sodir bo‘ladi. Amir Temur ko‘magi bilan Oq O‘rda taxtiga o‘tirgan To‘xtamishxon (biroz o‘tib) yana bir chingiziy Temur Malik o‘g‘lon hujumiga dosh bera olmaydi. Yana Samarqand sari ot qo‘yadi. “Zafarnoma”da bu jarayonlar mana bunday aks etgan:

    – Ko‘p jang va muhorabadan keyin To‘qtamish ortiga yuz o‘girdi va odamlari-yu lashkaridan uzoqlashib qoldi. Shundan so‘ng amir (Amir Temur nazarda tutilmoqda – A.S) bergan otga minib tanho o‘zi Amir Sohibqiron huzuriga yo‘l oldi... Ul davlat sohibining uzoqni ko‘radigan muborak nazari (sharofati) bilan ul nomdor ot sababli xalos topdi...

    Demak, To‘xtamishxonni muqarrar o‘limdan ana shu ot saqlab qolgan. Shu arg‘umoq uni g‘animlariga yetkazmay, Samarqandga – sohibqiron huzuriga olib kelgan. Demak, uzoqni ko‘ra biladigan davlat sohibi yosh hukmdorga mustahkamlanib olishi uchun chopganda qushdan o‘tadigan noyob yilqi hadya etgan. Ko‘rinadiki, Amir Temur uni chindan ham saltanatining shimoliy sarhadlariga ishonchli voliy etib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Bepoyon shimol dashti tinch bo‘lsa, duru javohirga boy Janubni zabt etish ishlari oson kechgan. Shu bois bag‘ir bosib qolgan toza qonli arg‘umog‘ini tortiq etgan. Hofiz Abruning yozishicha, sarkarda To‘xtamishga “O‘g‘lon”ni tortiq qilayotib shunday degan ekan:

    – Bu otni avaylab saqlagin. Kun kelib yarab qoladi...

    Afsuski...

    Avvaliga ota-o‘g‘il kirishgani yosh tojdor payt kelib mustaqil hukm yuritishni xohlab qoladi. Bu ham yetmagandek, Amir Temur raqiblari bilan xufiyona til biriktiradi. Eng ayanchlisi, sohibqiron qo‘shini Eron sari otlanganda, Movarounnahrga bosqinchilik qiladi.

    Natijada (g‘azabga kelgan) sohibqiron 1395 yili Terek daryosi bo‘yidagi muhorabada To‘xtamishxon nomini tarix sahnasidan supurib tashlaydi. Nadomatlar bo‘lsinki, o‘tmishning keyingi sahifalarida “O‘g‘lon” haqida biror xabar uchramaydi.

    Balki keyingi tarix toparlar qaydlaridan chiqib qolar...

    18.09.2018, 18:04   Izoh (0)   60322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy Osiyodagi temir yo‘lning 18 foizi O‘zbekiston hududidan o‘tadi

    18.09.2018, 17:49

    Tojikistonda hamkorlikdagi aksilterror mashg‘ulotlariga start berildi (foto)

    18.09.2018, 17:34

    Navoiyda ulfatining mashinasini shikastlab, zararni qoplashdan bosh tortgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    18.09.2018, 17:19

    Sankt-Peterburgda “Rossiya ohanglari” shiori ostida do‘stlik festivali o‘tkazildi (foto)

    18.09.2018, 17:03

    Abdulaziz Komilov AQShning xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha elchisini qabul qildi

    18.09.2018, 16:47

    Qashqadaryoda jiyaniga qo‘llangan qamoqqa olish chorasini o‘zgartirish uchun 2 mln so‘m berishga uringan shaxs ushlandi

    18.09.2018, 16:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.