Xitoylik bank xodimasi tarmoq foydalanuvchilarini ajabtovur qobiliyati bilan hayratda qoldirdi: u kupyuralarni yashin tezligida hisoblaydi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Hozir dunyoda qog‘oz kupyuralar va tangalarni hisoblaydigan ko‘plab qulay va tezkor mashinalar yaratilgan. Biroq ayol pachkadagi kupyuralarni tezda hisoblashni o‘ziga xos usulini o‘ylab topdi.
Bu usulni qo‘llash ko‘pchilikka nasib etmasligidan faqat afsuslanish mumkin. Avvalo, barcha ham bunday tez hisoblay olmaydi, qolaversa, hammaning ham qo‘l ostida shuncha pul yo‘q.
Izoh (0)