Filippinda “Mangxut” to‘foni tufayli kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ularning ko‘pchiligi mamlakat shimolidagi tog‘li hududlarda kuzatilgan ko‘chkilarda halok bo‘lgani bildirilmoqda.
Hozirda to‘fon Xitoy va Gonkongning aholi gavjum janubiy provinsiyalariga yo‘l olmoqda.
Tabiiy ofat tufayli Pekin va Manila Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining 16-sentabrga mo‘ljallangan tashrifini bekor qildi. Shuningdek, salkam 150 ta reys qoldirildi, ularning uchdan biri xalqaro yo‘nalishda edi.
Izoh (0)