Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Ukrainaning Dnepr shahridagi xiyobonni chiqindilardan tozalash ishlarida qatnashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bugun, Butunjahon orastalik kunida Dneprdagi shahar xiyobonini tozalashga yordam berdim”, — deb yozdi Estoniya prezidenti Kalyulayd.
Estoniya davlat rahbari sayyorani keyingi avlodlarga qanday ko‘rinishda qoldirish haqida har kim o‘ylashi zarurligini qayd etib, atrofimizdagi olamni umumiy sa’y-harakatlar bilan “ozoda va go‘zal” qilishga chaqirdi.
Izoh (0)